2023-yilning 2-yanvaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch xalqaro aeroportlarida Tax Free xizmati shoxobchalari o‘z faoliyatini boshladi, bunda el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS miqdorini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shoxobchalar Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, hozircha ish faoliyatini sinov tartibida boshladi. Tax Free tizimi chet el fuqarolariga O‘zbekistonda chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS miqdorini qaytarib berishni nazarda tutadi. Keshbek tatbiq etiladigan mahsulotlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi qarorida keltirilgan. Bular esdalik sovg‘alari, yong‘oqlar, mevalar va quruq mevalar, charm va mo‘ynali buyumlar, gilamlar, to‘qimachilik buymlari va boshqalar.
QQSni qaytarib olish uchun Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish va unda amalga oshirilgan xaridlar uchun cheklarni skanerlash kerak. Aeroportda jo‘nab ketayotganda yo‘lovchi parvoz uchun ro‘yxatdan o‘tishi kerak, so‘ngra bortga chiqish talonini va tovarlarning o‘zini ko‘rsatib, Tax Free xizmati shoxobchasiga murojaat qilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgan mahsulotni qo‘lda olib o‘tish uchun qoldirish yoki ro‘yxatdan o‘tish joyiga qaytib, bagajga topshirish mumkin.
Tax Free tizimiga kiradigan tovarlarni sotib olishning umumiy summasi kamida 1 mln so‘m bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mahsulot ochilmagan va ishlatilmagan bo‘lishi shart. Soliq qo‘mitasi xodimlari tovarlarning barcha mezonlarga muvofiqligini tekshirib, keshbek rasmiylashtirib berishadi. Turli toifadagi tovarlar uchun yo‘lovchi QQS miqdorining 90 foizigacha qaytarib olishi mumkin. Keshbek yo‘lovchining kartasiga rasmiylashtiriladi va qaytarish qayd etilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan keyin to‘lanadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh