Foto va Video

O‘zbekistonning madaniyati va turizm salohiyati Italiya ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilinadi

19.04.2023 623

Mamlakatimiz bo‘ylab Italiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari va blogerlari uchun yurtimizni G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng targ‘ib qilish maqsadida press-tur tashkil etilgan bo‘lib, unda: Centro Studi Eurasia e Mediterraneo, Voyager magazine, Trendsettimanale.it, Eurasianews.it nashrlari ishtirok etmoqdalar.

Joriy yilning 14-20-aprel kunlari Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab uyushtirilayotgan press-turda Italiyalik OAV vakillari hamda blogerlar yurtimizning boy tarixi, ko‘hna hamda qadimiy obida va inshootlari bilan tanishdilar, kerakli targ‘ibot materiallarini suratga oldilar. Tayyorlangan targ‘ibot ma’lumotlari Italiya hamda butun Yevropa bo‘ylab ommabop va keng qamrovli auditoriyaga ega bo‘lgan OAV va milliondan ortiq obunachilari bo‘lgan blogerlarning sahifalarida yoritib borilishi va buning natijasida mamlakatimizga italiyalik va G‘arbiy yevropalik sayyohlar oqimining oshishi maqsad qilib olingan.

Ma’lumot uchun: yurtimizga tashrif buyurgan Italiya OAVning umumiy auditoriyasi 8 mln nafardan oshadi. Shuningdek, yurtimizga kelgan jurnalist va blogerlarni ijtimoiy tarmoqlarda ham millionlab obunachilar kuzatib boradi.

OAV vakillari tomonidan bugungi O‘zbekiston hududining tarixi, rivojlangan madaniyati va turli tamaddunlarga xos, qadimiy madaniy meros durdonalari bilan yaqindan tanishtirilib, yurtimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida Italiya auditoriyasi uchun sifatli kontent tayyorlanmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing