O‘zbekiston turizm sohasini faol rivojlantirib, xalqaro hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirmoqda. O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlarini xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida yetakchi “Gate 1 Travel” sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Qo‘shma loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlarini ommalashtirib, xorijiy sayyohlar orasida mamlakatning sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi jozibadorligini oshirishdir. Hamkorlik doirasida chet ellik sayyohlar O‘zbekistonning boy madaniy merosi va turli xil sayyohlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
Loyiha doirasida O‘zbekistonni ommalashtirishga qaratilgan qator marketing va PR tadbirlari rejalashtirilgan, jumladan:
Marketing tashabbuslaridan tashqari, hamkorlikning muhim jihati sayohatchilarni qiziqtiradigan yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqishdir. Bu, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida shartnomalar tuzish, hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish va turizm sohasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy veb-saytda mavjud:
Ma’lumot uchun:
“Gate 1 Travel” kompaniyasi 40 yildan ortiq vaqt davomida o‘z mijozlariga “Kamroq pul evaziga ko‘proq olam” shiorini taklif etib kelmoqda. 1981-yilda Fort-Vashington (Pensilvaniya, AQSH) shahrida tashkil etilgan kompaniya o‘z faoliyatini Isroil, Misr, Iordaniya, Gretsiya va Turkiyaga turlar uyushtirishdan boshlagan. Bugungi kunda uning butun dunyo bo‘ylab 600 dan ortiq xodimi bor va sayohatchilar yetti qit’aning barchasida minglab turlardan foydalanishlari mumkin. “Gate 1 Travel” xizmatlar ro‘yxatida guruhli sayohatlar, individual turlar va maxsus tadbirlar mavjud.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh