Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekistonning turizm salohiyati Moskva xalqaro aeroportlaridagi ekranlarda namoyish etilmoqda

03.02.2026 119

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan 2026-yil 30-yanvardan 1-fevralgacha Moskvadagi “Domodedovo” xalqaro aeroportining ro‘yxatdan o‘tish va parvozlarni kutish zallarida o‘rnatilgan 120 ta reklama monitorlarida mamlakatimizning sayyohlik va madaniy salohiyatining yorqin va mazmunli taqdimoti tashkil etildi.

Yorqin videoroliklar dunyo bo‘ylab millionlab sayohatchilar va Rossiya aholisini O‘zbekistonning boy madaniy merosi, noyob me’morchiligi hamda mamlakatimizni sayyohlar uchun alohida jozibador qiladigan barcha jihatlari bilan kecha-yu kunduz tanishtirib bormoqda.

Yorqin reklama kampaniyalari tufayli O‘zbekiston mamlakatning boy madaniy merosi va qadimiy tarixi bilan qiziqqan rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlari TOP-10 taligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan sayyohlar oqimi 15 foizga o‘sib, 984,4 ming tashrifga yetdi, bu esa diqqatga sazovor joylarimiz va turizm sohasidagi imkoniyatlarimizga qiziqish ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurish bo‘yicha an’anaviy ravishda qo‘shni davlatlar - Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan mehmonlardan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

Ta’kidlash joizki, “Domodedovo” xalqaro aeroporti Moskva shahrining yirik va asosiy aeroportlaridan biri bo‘lib, yo‘lovchilar oqimi yiliga 14 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar