Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekistonning turizm salohiyati Saudiya Arabistonining uchta yirik shahrida yorug‘lik diodli ekranlarda namoyish etilmoqda

04.08.2025 256

Saudiya Arabistonida O‘zbekistonning turizm salohiyatini ommalashtirish maqsadida “Waves Media” xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda Jidda, Ar-Riyod va Dammam shaharlaridagi yorug‘lik diodli ekranlarda yurtimiz haqidagi videoroliklar namoyishi yo‘lga qo‘yildi.

Videorolik ikki hafta davomida savdo majmualarida o‘rnatilgan 10 ta yorug‘lik diodli ekranda namoyish etilmoqda. Videoroliklarda O‘zbekistonning qadimiy shaharlari - Samarqand, Buxoro va Xiva, shuningdek, ularning me’moriy yodgorliklari va O‘zbekiston fasllari aks ettirilgan.

Ma’lumot uchun: “Waves Media” kompaniyasi 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, savdo markazlari va boshqa yopiq majmualarda raqamli platformalar orqali reklama joylashtirishga ixtisoslashgan. “Waves Media” aholi zich joylashgan hududlardagi 50 dan ortiq savdo markazini, shuningdek, 70 ga yaqin sport zalini qamrab oladi. Kompaniya besh xil formatdagi 4000 dan ortiq reklama nuqtasiga ega. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bir yil ichida ushbu maydonchalarga 25 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi, bu esa “Waves Media”ni keng auditoriyani qamrab olish uchun samarali vositaga aylantiradi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar