Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston Pokistondagi “road show” tadbirida turizm salohiyatini namoyish etdi

15.04.2025 332

9-11-aprel kunlari Lahor, Karachi va Islomobod shaharlarida Turizm qo‘mitasi tomonidan Pokiston Islom Respublikasi hukumati, O‘zbekistonning Pokistondagi Elchixonasi hamda turizm sohasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ko‘magida “road show” formatidagi tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Pokiston Turizmni rivojlantirish korporatsiyasi direktori Aftab Ur Rehman Rana va O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher To‘xtayev ishtirok etdilar.

Dastur doirasida O‘zbekistonning turistik salohiyati, jumladan, ziyorat, tog‘, qishki va gastronomik turizm yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan B2B, G2B va G2G formatidagi uchrashuvlar amalga oshirildi. Shuningdek, “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining imkoniyatlari haqida ma’lumot taqdim etildi.

Uchrashuvlar yakunida Pokistondan sayyohlar oqimini, ayniqsa ziyorat turizmi yo‘nalishida rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

“Road show” o‘zbek san’atkorlari ishtirokidagi madaniy dastur va milliy taomlar taqdimoti bilan yakunlandi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar