Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida yetakchi sayyohlik kompaniyasi “SAGA Travel Group” bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun: “Saga Travel Group” Buyuk Britaniya iste’molchilari orasida eng tan olingan va ishonchli brendlardan biri bo‘lib, 70 yildan ortiq vaqt davomida o‘z mijozlariga sayohat, sug‘urta va moliya sohalarida professional provayder sifatida xizmat qilib kelmoqda.
“Saga Travel Group” o‘zining tarkibiga kiruvchi “Titan Travel” turoperatori orqali “Saga” brendi ostidagi guruhli turlar, maxsus turlar va tadbirlarni o‘z ichiga olgan bir qator sayohat takliflarini taklif etadi.
Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligini Buyuk Britaniyada sayyohlik yo‘nalishi sifatida ommalashtirishdan iborat bo‘lib, u yerda guruhli va individual sayohatlar orqali potentsial sayohatchilar O‘zbekistonning turli sayyohlik takliflari va madaniy qadriyatlari bilan tanishadilar.
Ushbu loyiha doirasida marketing va PR-kampaniyalari orqali quyidagilar rejalashtirilgan:
• “Saga glossary” sayyohlik jurnalida mamlakatimizning turizm salohiyati haqida maqola chop etilishi.
• raqamli media platformalarida (“Google”, “Bing”, “Meta”), shuningdek kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida har oylik targ‘ibot
• kompaniyaning rasmiy veb-saytida “Uzbekistanhub” maxsus sahifasini yaratish
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlik, sayyohlar uchun qiziqarli bo‘lgan yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish, shuningdek, sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida shartnomalar tuzish va hamkorlik tarmoqlarini kengaytirish bu davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning muhim jihatlaridan hisoblanadi.
Tafsilotlar uchun:
https://holiday.saga.co.uk/holidays/asia/uzbekistan
https://www.titantravel.co.uk/destinations/uzbekistan
https://www.titantravel.co.uk/holidays/uzbekistan-jewel-of-the-silk-road-tour
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh