O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

26.02.2021 814

Respublikamizga koronovirusni olib kelish va tarqatilishini oldini olishbo‘yicha dastur tayyorlash Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 20-fevraldan sanitariya-epidemiologiya me’yorlari talablariga qat’iy rioya qilingan va Sog‘liqni saqlqah va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda, xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi.

Xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:


- tashkilotchi, sanitariya-epidemiologiya xizmatlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda, O‘ zbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologic tartiblarga rioya qilinishning nazoratini ta’minlashi zarur;


- tadbirdagi barcha mehmonlar, himoya niqobi yoki respirator taqishlari zarur;


- tadbirga kirishda, barcha qatnashchilar pirometrlar yordamida haroratni o‘lchash jarayonidan o‘tishlari kerak bo‘ladi, bunda, harorati ko‘tarilgan yoki yuqumli kasallik alomatlari bo‘lgan shaxslar tadbirga kiritilmaydilar;


- ekspozitsiyalar orasidagi o‘tish yo‘laklarining kengligi, 3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak;


- tadbirlar o‘tkaziladigan joylarning havo almashtirish tizimi, kiritilayotgan havo oqimidan chiqarilayotgan havo oqimining ustunligini ta’minlashi kerak.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini o,lish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Respublikada har qanday ommaviy tadbirlar, shuningdek ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazish vaqtincha to‘xtatilgan edi.



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing