Turistik kompaniyalar diqqatiga!
2022-yilning 20-22-sentyabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtadigan “IFTM Top Resa 2022” xalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etishga shoshiling. Ko'rgazmada Oʻzbekiston milliy stendi ham namoyish etiladi.
Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqami orqali murojaat eting.
Arizalar 2022-yil 5-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun:
IFTM Top Resa turizm va sayohat ko‘rgazmasida 200 dan oshiq turistik yo‘nalish bo‘yicha 1700 dan ortiq bo‘lgan tashkilotlar, 34 000 ga yaqin turizm sohasi mutaxassislari 150 ta tashkil etilgan sessiya konferensiyalarida ishtirok etadilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh