Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Parkentda Koreya andozalari asosida “Chashma” etno qishlog‘i tashkil etildi

21.07.2025 291

Mazkur loyiha 2022-yilda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyaning Koreya Respublikasiga amaliy safari davomida ilgari surilgan tashabbusi asosida amalga oshirildi.  

Geongsangbuk-do viloyatida joylashgan mashhur “Andong Xaxve” folklor qishlog‘i bilan tanishuv chog‘ida, shunday etno-qishloqni Parkent tumanida tashkil etish taklifi bildirilib, Davlat rahbari tomonidan mazkur tashabbus ma’qullangan edi. Bugungi kunga kelib loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilib, o‘z faoliyatini boshladi.

Bundan asosiy maqsad — hududning betakror tabiati va etnografik xususiyatlarini asrab-avaylash, shu orqali ichki va tashqi turizmni rivojlantirishdir. 

Ochilish marosimida mehmonlar uchun folklor san’ati chiqishlari, milliy liboslar namoyishi va rassomchilikka oid tasviriy san’at ko‘rgazmalari tashkil etildi. Mahalliy va xorijiy OAV vakillari, shu jumladan, Janubiy Koreyaning "MOVE" jurnali ijodiy guruhi uchun esa Parkent tumani bo‘ylab press-tur tashkil qilindi.

Info-tur davomida “Family Resort” oilaviy mehmon uyi, shuningdek, "Kumushkon" hududidagi “Oltin bel” tepaligida qurilayotgan kurort zonalari, yengil turdagi mehmonxonalar va boshqa turistik infratuzilma loyihalari bilan tanishtirildi.

Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasidan madaniyat, turizm va ta’lim masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis Xon Ji Yon xonim va faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Shuningdek, oʻqing