Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Xitoyda O'zbekistonning turizm salohiyati keng targ'ib etilmoqda. Xususan, Xitoyning keng jamoatchiligini mamlakatimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish hamda yurtimizga xitoylik sayyohlar oqimini ko'paytirish maqsadida Pekin shahrining yirik "Solana" savdo va ko'ngilochar markazida joylashgan katta 3D LED ekranda O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan videolavhalar namoyishi yo'lga qo'yildi.
Mazkur loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. 2008-yilda ishga tushirilgan "Solana" savdo va ko'ngilochar markaziga har kuni 100 mingdan ziyod xitoyliklar va xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.
5 kun davomida O'zbekistonga bag'ishlangan ushbu videolavhalar deyarli 3 ming marotaba namoyish etildi va salkam 600 ming kishi ko'rdi. Mamlakatimizning boy madaniyati va sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida bunday lavhalarni Xitoyning boshqa shaharlarida ham namoyish etish rejalashtirilgan.
Manba: "Dunyo" AA
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh