Penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

19.08.2021 1021

20-22 avgust kunlari, Toshkent viloyatining Keles shaharida universal sport majmuasida, Penchak Silat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 6 yoshdan 35 yoshgacha, Tungal, Ganda, Regu, Tanding yunalishlarda o‘zaro kuch sinashadi. Chempionatning o‘tkazilishidan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Penchak silat sport turini ommalashtirishdir. Maʼlumot o‘rnida shu yil sentyabr oyida Qirg‘izistonda yoshlar va kichkinalar o‘rtasida xalqaro turnir va dekabr oyida Malayziyada kattalar o‘rtasida Jaxon chempionatlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa terma jamoa tarkibini shakllantirish va nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etish uchun katta tajribani o‘tab beradi. Musobaqada har bir viloyatlarn kuchli sportchilar tashrif buyurishadi.



Quyida musobaqa dasturi bilan tanishishingiz mumkin. 

20 avgust

 

10:00-14:00 vazn ulchash

 

1-gilam

 

14:00-19:00 Tanding yo‘nalishda 6 yoshdan, 8 yoshgacha o‘g‘il va qizlar

 

2-gilam

 

14:00-19:00 Tungal, Regu, Ganda yo‘nalishlarda, barcha yoshlar o‘rtasida musobaka bo‘lib o‘tadi.

19:00 taqdirlash.

 

21 avgust

 

08:30-19:00 musobaqa 9 yoshdan 13 yoshgacha Tanding yo‘nalishlarda musobaqa bo‘lib o‘tadi.

19:00 taqdirlash.

 

22 avgust

 

08:30-19:00 musobaqa 14 yoshdan 35 yoshgacha Tanding yo‘nalishlarda musobaqa bo‘lib o‘tadi.

19:00 taqdirlash.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing