Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

“Petit Futé” O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar haqida maqola e’lon qildi

07.03.2025 151

O‘zbekistonning yirik elektron yo‘l ko‘rsatkich “Petit Futé” bilan hamkorligi doirasida mazkur nashr saytida “O‘zbekistonda nimalar qilish mumkin? Tashrif buyurish va tomosha qilish uchun eng yaxshi 10 ta manzil” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqola jahon jamoatchiligini O‘zbekistonning noyob madaniy va tabiiy merosi bilan tanishtirib boradi, bu esa mamlakatni sayyohlar uchun jozibador manzilga aylantiradi.

Maqolaning asosiy mavzulari:

  • Afsonaviy Ipak yo‘li - Sharq va G‘arbni bog‘lagan qadimiy savdo yo‘li.
  • Samarqand - Markaziy Osiyoning durdonasi va dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri.
  • “Zomin” milliy bog‘i - o‘zining go‘zal manzaralari va toza tog‘ havosi tufayli “O‘zbekiston Shveysariyasi” deb nom olgan.
  • O‘zbekistonni eng qiziqarli sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylantirayotgan boshqa mashhur diqqatga sazovor joylar.

Ma’lumot uchun:

“Petit Futé” – 1976-yildan buyon sayohatchilarning yangi yo‘nalishlarni kashf etishiga ko‘maklashib kelayotgan eng nufuzli yo‘l ko‘rsatkichlardan biridir. U bir necha tillarda nashr etiladi va har kuni to‘rtta yangi son bilan boyitiladi. 189 mamlakat, 800 yo‘nalish va 100 dan ortiq eksklyuziv manzillarni qamrab olgan. Millionlab sayyohlarga dunyo bo‘ylab noyob manzillarni topishda yordam beradi. “Petit Futé” platformasida O‘zbekistondagi eng sara 10 ta joy haqidagi e’lon mamlakatni jahon miqyosida betakror sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Maqolaning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing