Turizm qo‘mitasi tomonidan Rossiyaning “НТВ” telekanali “Поедем, поедим!” madaniy-etnografik dasturi ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: “HTВ” telekanali Rossiyaning eng reytingli uchta kanalidan biri bo‘lib, tomoshabinlar auditoriyasi 120 mln. kishidan oshadi. U turli maqsadli guruhlarni qamrab olgan ko‘plab reyting dasturlariga ega. Telekanalning “YouTube” tarmog‘idagi rasmiy sahifasida obunachilar soni 12 mln kishiga yaqin.
Umumiy 5 kishidan iborat “Поедем, поедим!” teledasturi ijodiy guruhi uchun joriy yilning 30-oktabr – 3-noyabr kunlari yurtimizning Samarqand va Buxoro shaharlariga tashrifi yuqori saviyada tashkillashtirildi.
Tashrif davomida mamlakatimizning boy madaniyati, gastronomiyasining xilma-xilligi va diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishga doir 45 daqiqalik teledastur uchun suratga olish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur teledasturning boshlovchisi – Italiyalik mashxur shoumen va pazandalik mutaxassisi Federiko Arnaldi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda muntazam suratga olinadigan mazkur dastur vakillari bilan Turizm qo‘mitasi yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Ushbu dastur tufayli millionlab teletomoshabinlar boy oʻzbek gastronomiyasi bilan tanishish, shuningdek, Oʻzbekistonning yangi sayyohlik yoʻnalishlarini kashf qilish imkoniga ega boʻladilar.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh