Buxoroning bosh Registon maydonidagi muhtasham Kalon minorasi etagida joylashgan Poi Kalon meʼmoriy ansambli SHHTning “Sakkiz moʻjizasi” roʻyxatiga kiritildi. Majmua XII-XVI asrlarda qurilgan va ikkita madrasa – Mir Arab va Amir Olimxon, Kalon minorasi va shu nomdagi masjiddan iborat.
Uning balandligi 46,5 metrni tashkil qiladi. Kalon masjidi Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin Markaziy Osiyodagi ikkinchi yirik masjiddir. Qizig‘i shundaki, VIII asrda arablar istilosidan keyin bu joyda minorali jome masjidi mavjud edi.
Majmuaning hozirgi holatdagi ko‘rinishi XVI asrda, yangi masjid va Mir Arab madrasasi qurilayotgan paytda shakllangan.
SHHTning “Sakkiz mo‘jizasi“ ro‘yxatiga, shuningdek, quyidagilar kiradi:
Hindistonda - Birdamlik haykali;
Qozog‘istonda - “Tamgali” arxeologik majmuasi;
Xitoyda - Daming imperator saroyi;
Qirgʻizistonda — Issiqkoʻl;
Pokistonda - Lahor shahridagi Buyuk mo‘g‘ullarning merosi;
Rossiyada - Oltin xalqa;
Tojikistonda – “Navro‘z” saroyi;
Oʻzbekistonda – “Poi Kalon” meʼmoriy ansambli.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh