Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Pokistonlik mashhur “food-bloger” O‘zbekistonning gastronomik salohiyati haqida ko‘rsatuv suratga olmoqda

04.08.2025 289

O‘zbekiston turizm salohiyati, gastronomiyasi va mamlakatimizning boy madaniy merosini Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan, Pokistonda tanishtirish maqsadida, mashhur “BaBa Food RRC” YouTube kanali asoschisi Ramish Rizwan Chaudhary boshchiligidagi ijodiy guruhning mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi.

“BaBa Food RRC” kanali Pokistonda milliy gastronomiya va sayohatga oid kontent yaratishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 8 milliondan ortiq. Shu jumladan, YouTube’da 5 million, TikTokda 2,1 million, Facebookda 979 ming va Instagramda 169 mingdan ziyod obunachilarga ega bo‘lib, keng auditoriyani qamrab olgan mashhur “food-bloger” hisoblanadi.

“BaBa Food RRC” guruhi O‘zbekistonning milliy taomlari, mehmondo‘stligi va tarixiy shaharlari haqida videoreportajlar tayyorlab, Ularni YouTube, TikTok, Facebook va Instagram tarmoqlari orqali keng auditoriyaga yetkazish rejalashtirilgan.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar