Foto va Video

Poytaxtda “Toshkent shahri bozorlari” mobil ilovasi yaratildi

19.07.2021 719

O‘zbekiston aholisi o‘zi yashash hududidagi va yaqin masofalarda joylashgan bozorlar, savdo do‘konlari, gipermarketlarni juda yaxshi bilishadi ammo boshqa hududlarga borganda bunday joylarni topishda qiyinchiliklar paydo bo‘la boshlaydi. Endi bunday qiyinchiliklarni osongina yengib o‘tishning iloji bor.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining tayanch doktoranti Shahodat Ohunjonova tomonidan yaratilgan “Toshkent shahri bozorlari” mobil ilovasi orqali hamyurtlarimiz va yurtimiz mehmonlari hududlarda joylashgan bozorlarni topib olishda endi qiyinchilikga uchramaydilar.

“Toshkent shahri bozorlari” mobil ilova orqali siz o‘zingizga yaqin joydagi bozorlarni topib olishingiz va yo‘nalishni belgilagan holda tezda yetib olishingiz mumkin. Dastur 3 tilda o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritmoqda.

Dasturda siz o‘zingizga kerakli Dehqon bozori, Buyum savdo komplekslari, Qurilish materiallari bozorlari va boshqa turdagi bozorlarni tez va qulay topib olishingiz mumkin. Kerakli bo‘lgan bozorni topib hatto unga baho berishda ishtirok etishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz: Hozirgi kunda dasturda faqat Toshkent shahri bo‘yicha joylashgan bozorlar haqida ma’lumotlar mavjud. Viloyatlarimizda joylashgan bozorlar bo‘yicha ma’lumotlar tez kunlarda dasturga yuklanadi va sizga o‘zining foydali jihatlarini ko‘rsatishda davom etadi.

Dasturni yuklab olish sizga qiyinchilik tug‘dirmaydi: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dasturchi.bozorlar1 ushbu havola orqali ko‘plab ma’luotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing