Kecha, 11-noyabr kuni Shaxmat federatsiyasi binosida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir boshlandi. Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, taniqli grossmeysterlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Turnirning birinchi kunida to‘qqiz raunddan iborat blits bo‘lib o‘tdi, uning natijalariga ko‘ra sovrinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin – Murodli Mahammad (AZE);
2-o‘rin – Xans Niman (AQSh);
3-o‘rin – Sjugirov Sanan (Rossiya);
4-o'rin - Aleksandr Moiseenko (Buyuk Britaniya);
5-o‘rin – Vohidov Shamsiddin (UZB);
6-o‘rin – Abdusattorov Nodirbek (UZB);
7-o‘rin – Qosimdjanov Rustam (UZB);
8-o'rin - Kazgaleev Murtas (KAZ);
9-o'rin - Evgeniy Alekseev (Rossiya);
10-o'rin - Ehsam Gay Magami (IRI).
Shaxmat turniri 18-noyabrga qadar davom etadi va Shveytsariya tizimi bo‘yicha 10 turdan iborat bo‘ladi. Turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 120 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh