Bugun, 12-iyun kuni Moskva shahridagi ВДНХ Sanoat maydonida “Путешествуй!” Rossiya sayyohlik forumi boshlandi, unda O‘zbekiston yana bir bor o‘z milliy stendini namoyish etdi. Joriy yilda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, mahalliy sayyohlik kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida “Bahor” oʻzbek xalq raqs ansambli chiqishlaridan iborat madaniy dastur hamda Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tayyorlangan milliy taomlar namoyishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Forum mobaynida Oʻzbekiston delegatsiyasi xorijiy hamkorlar bilan Oʻzbekistonning turizm salohiyatini xorijda ommalashtirish va mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida qator uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Forumning birinchi kunida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Nikolayevich Chernishenko O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stendga tashrif buyurdi.
Shuningdek, ta’kidlab o‘tish joizki, xalqaro forum kunlarida delegatsiyamiz tomonidan Rossiyadan O‘zbekistonga ko‘proq sayyohlarni jalb etishga qaratilgan yangi sayyohlik mahsulotlari namoyish etiladi, bu esa ikki tomonlama turizm aloqalarini mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasidagi turizm bozorini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: “Путешествуй!” Rossiya sayyohlik forumi – turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi yorqin tadbir. Tadbir formati Forumni davlat va biznes o‘rtasidagi eng yuqori darajadagi ishbilarmonlik aloqasi platformasi sifatida sayohatchilar auditoriyasi uchun Rossiyadagi birinchi turizm Festivali bilan birlashtiradi.
Forum 12-iyundan 16-iyunga qadar davom etadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh