Qizil dara va anomal zona

348

Dala-dashlardan kechib, tog‘lar ortida, O‘zbekistonning janubiy qismida, Surxondaryoda dunyoning eng ajoyib mo‘jizalaridan biri – “Qizil dara” joylashgan.
Daraning uzunligi 30 km. Bu joy nafaqat tabiiy landshaft tufayli, balki tushunarsiz anomal hodisalar tufayli ham o‘ziga xosdir, bunga o‘zingiz tashrif buyurganingizdan keyingina amin bo‘lishingiz mumkin. Oddiy tajriba o‘tkazing, o‘chirilgan mashinani daraga tushishda qoldiring, shunda siz haydovchi ishtirokisiz mashinaning qanday ko‘tarilishini ko‘rasiz.

Daraning yagona yopiq ekotizimining shakllanishi bir necha ming yillar davomida sodir bo‘lgan, shuning uchun tosh labirintlar, yuzlab daralar va qoyalar paydo bo‘lgan. Suv va shamol qattiq toshli sahroda o‘z izlarini qoldirdi. Daraning eng baland joyi Buritaxt tog‘i bo‘lib, uning balandligi 1218 metrga etadi.Bizning O‘zbekiston go‘zal, ulug‘vor qizil tog‘larning tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi go‘zal manzaralari bor. Shunday bo‘lsada, bejiz aytishmaganki, eng yaxshi tabib - tabiat, eng yaxshi dori - quyosh va eng toza tog‘ havosi!

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring