Qizilqum qo‘riqxonasi

2023

Amudaryo bo‘yida nafaqat o‘rmonlar va o‘tloqlar, balki Qizilqum cho‘lining bir qismi ham muhofaza qilinadi. Cho‘l qo‘riqlanadigan hudud qum zonasining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.

Kyzylkum reserve

Qo‘riqxonadagi cho‘l o‘simliklariga saksovul, cho‘l akatsiyasi, sho‘rak, astragal va efemer kiradi. Bu yerda, shunindek, terak, tol va qamish ham o‘sadi. Qo‘riqlanadigan hududning xilma-xil faunasini yovvoyi cho‘chqa, tulki, chiyabo‘ri, bo‘rsiq tashkil etadi. Buxoro bug‘ulari va ohulari bu yerda alohida qiziqish uyg‘otadi. Qo‘riqxonada ko‘plab kaltakesaklar va sudraluvchilar yashaydi. Bu yerda kaptar, baliqchiqush, qo‘ton, o‘rdak, qirg‘ovul, saqoqush va flamingo kabi qushlarni uchratishingiz mumkin. Qo‘riqxona turli xil baliq turlari, jumladan, zog‘orabaliq, xumbosh baliq, cho‘rtanbaliq, qizilqanot, leshch va laqqa balik bilan mashhurdir.

Xarita

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring