Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Joriy yilning 11-oktyabr kuni Turk dunyosi turizmining 2022-yilgi poytaxti Qo‘qon shahri mehmonlari hamda xalq o‘yinlari va etnik sport turlari ixlosmandlarini “Kokand ethnosport challenge – 2022” Respublika festivaliga taklif etadi.

Festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasida hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “Tabarruk ziyorat” Turizm konsepsiyasi ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Festival dasturidan sirk tomoshalari, O‘zbekiston va boshqa turkiy tilli mamlakatlar xalq polvonlarining ko‘rik-tanlovlari o‘rin olgan.
Festival Farg‘ona viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinmoqda.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh