Qoraqalpog‘istonda “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkazildi

30.09.2024 444

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Aqchako‘l” bo‘yida “27-sentabr – Butunjahon turizm kuni” munosabati bilan “Ichki turizm yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Yarmarka Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi tashabbusi bilan, hududlarning turizm salohiyatini oshirish, mahalliy sayohatchilarni jalb etish, turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, mahalliy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini yaratish maqsadida tashkil etildi. 

Ichki turizm yarmarkasida mahalliy turoperatorlar, mehmonxonalar, hostellar, mehmonxonalar va turizm sohasidagi boshqa ekspertlar ishtirok etdi.

Festival davomida badiiy ko‘rgazma, milliy musiqachilarning konserti, muzeylarning sayyor ko‘rgazmalari, ekoturizm taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga turizm sohasiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing