Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Qorateren — Qoraqalpog‘istonning betakror maskani

17

Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanidagi Qorateren ko‘li bo‘yida tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, milliy an’analar va o‘ziga xos madaniyat bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratilgan.
Bu yerda ko‘lning sokin manzaralaridan bahramand bo‘lish, an’anaviy turmush tarziga xos unsurlarni ko‘rish, mahalliy taomlardan tatib ko‘rish va qoraqalpoq xalqining samimiy mehmondo‘stligini his etish mumkin.
Qoratereng — keng va betakror tabiat manzaralari, boy etnomadaniy meros va sokin hordiqni birlashtirgan maskan. Shaharning shovqin-suronidan uzoqlashib, Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos ruhini his qilishni istaganlar uchun bu yer yangi taassurotlarga boy sayohat manzilidir.
Taxtako‘pir tumani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O‘zbekistonning yangi go‘shalarini kashf eting va yangi taassurotlar sari yo‘l oling!

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar