Qurbon Hayiti munosabati bilan bir qator chegirmalar e'lon qilindi

23.06.2022 1112

Qurbon Hayiti bayramini yaqinlaringiz davrasida maroqli hordiq chiqarish va mamlakatimizning qadimiy obida va tabiiy maskanlarida yodda qoluvchi yorqin xotiralarga boy dam olish kunini o‘tkazishingiz maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-son Farmoni 4-bandi ijrosi yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan 2022-yil 9–10–11–12-iyul kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralardan respublika bo‘ylab belgilangan chegirmalar bo‘yicha ma’lumotlar jamlandi.

1. “Uzbekistan Airways” AJ Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2022-yil 9-iyuldan 12-iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma e’lon qiladi.

2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun (2022-yil 9-iyuldan 12-iyulgacha) 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lgan guruhlarga 10 foiz, 25 va undan ortiq guruhlar uchun 15 foiz chegirma taqdim etdi.

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da joriy yil 9–10–11–12-iyul sanalarida yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.

Shu bilan birga, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan taqdim etilgan ixtiyoriy chegirmalar bilan quyida keltirilgan jadvallar orqali tanishib olishingiz mumkin.

1. Joylashtirish vositalari (mehmonxona va mehmon uyi) xizmatlari uchun beriladigan chegirmalar ro‘yxati

✅1ilovazhoylashtirishvositalarigaberiladiganchegirmalarrtf-1-1.pdf

2. Umumiy ovqatlanish joylaridagi xizmatlar uchun beriladigan chegirmalar ro‘yxati

✅2_илова_Умумий_овқатланиш_хизматлар_учун_бериладиган_чегирмалар.pdf

3. Ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati

✅3_илова_Ички_туризм_фаолият_олиб_борувчи_тадбиркорлик_субъектлари.pdf

4. Joriy yilning 9–12-iyul kunlari uchun chegirmalar

✅4-илова. Маданий мерос агентлиги.pdf

5. Joriy yilning 9-10-11-12-iyul kunlari Respublikada bo‘lib o‘tadigan madaniy ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxati

✅5-илова. Тадбирлар.pdf



Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing