Foto va Video

Mo‘ynoqda “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalari o‘tkaziladi

23.05.2023 466

25-28-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Xalqaro darajadagi ushbu tadbir 4-marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, nafaqat yurtimizdagi, balki xalqaro miqyosdagi ko‘plab xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi. Birinchi marta 2019-yilda o‘tkazilgan “Rally Muynak” ko‘pgina ekstremal turizm shaydolari va xorijiy mehmonlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan. Ayniqsa, Rossiya Federasiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari sportchilari orasida musobaqada qatnashishga bo‘lgan ishtiyoq oshib bormoqda. Bu esa yurtimiz ekstremal turizm yo‘nalishiga bo‘lgan e’tiborning yanada ortayotgani dalili deyishimiz mumkin.Respublikamizning barcha hududlaridan, shuningdek, musobaqaga qiziqish bildirgan mamlakatlardan jami 150 dan ortiq sportchilar ishtiroki kutilmoqda. Bundan tashqari, turistlarning Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan sayohat safarini uzaytirish maqsadida, bu yil tadbir ilk marotaba 4 kun davom etishi rejalashtirilgan.Tadbirning kunduzgi vaqtlarida sport avtomobillari, baggi va mototsikllarda ekstremal musobaqalar hamda ko‘rgazmali chiqishlar, shu bilan birga qo‘li gul oshpazlarning mahorat darslari va gastronomik tomoshalari bo‘lib o‘tadi. Kechqurunlari esa musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlari uchun mashhur didjeylarning elektron musiqiy konsert dasturlari tashkillashtiriladi.Ekstremallikni his qilish uchun hissiyotlarga boy ekstremal avtomobil musobaqasida qatnashishni va undan zavq olishni tavsiya qilamiz.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing