Foto va Video

Raqs sporti bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

1327

2021-yil 6-7-noyabr kunlari Toshkent shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport saroyi binosida raqs sporti bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa ketma-ket 8-marotaba o'tkazilmoqda.

O‘zbekiston Raqs sporti federatsiyasi 2011-yil oktabr oyida tashkil etilgan bo‘lib bugungi kunga kelib Samarqand, Buxoro, Nukus, Toshkent viloyatilari ushbu sport turi bo‘yicha qator sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Sportchilarimiz Rossiya, Latviya, Tailand, Germaniya, Qozog'iston, Xitoy, Ispaniya va boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro toifadagi musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqdalar. Raqs sporti dasturi: Bal raqsi, Yevropa va Lotin Amerikasi raqslari, Breyking, Afro-Lotin Amerikasi raqslari: salsa, bachata, kizomba, merengue kabi raqs turlari o‘z ichiga oladi.

Tanlov dasturiga barcha yosh toifalari va mahorat saboqlari bo‘yicha 98 ta raqs guruhi kiritilgan bo‘lib, havaskordan professional sport ustalarigacha barcha turda dasturlar tayyorlandi.

Musobaqada O‘zbekistonlik sportchilar bilan bir qatorda birinchilik uchun Qozog‘iston, Rossiyalik sport ustalari ham ishtirok etdilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring