RIA Novosti: O‘zbekistonga hordiq chiqarish maqsadida tashrif buyurishga arziydigan 19 sabab

29.11.2021 1248

26-noyabr kuni RIA Novosti saytida “Oltin uchburchak”, plyajlar, bozorlar: O‘zbekistonda qanday dam olish kerak” sarlavhali maqola chop etildi.

2021-2022-yillar qish faslida Rossiyaning beshta aviakompaniyasi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda: “Aeroflot”, “S7 Airlines”, “Ural Airlines”, “Red Wings” va “Smartavia”. Bu rossiyalik sayyohlar uchun qishki ta’til maroqli o‘tqazish uchun ajoyib tanlov imkoniyatidir.

“O‘zbekistonda haqiqatan ham ko‘rishga arziguli bo‘lgan maskanlar bor”, deb yozadi “RIA Novosti” muallifi.

Maqola muallifi Valeriy Melnikov ko‘plab mamlakatlardagi karantin cheklovlariga qaramay, nima uchun O‘zbekiston dam olishga arziydiganligi haqida 19 ta faktlarni keltirib o‘tdi.

 1. O‘zbekiston - mazali xushbo‘y hidlar mamlakati“Oʻzbekistonni koʻz yumib, xushboʻy hididan taniy olasiz. Ko‘chadan yangi non, palov va shirin qovun hidi keladi”.

Muallif O‘zbekiston bilan tanishishni Toshkentdan, Chorsu bozoridan boshlashni maslahat beradi. Bu yerda lazzatlarning haqiqiy aralashmasi mavjud va mahalliy sotuvchilar mehmonlarni o‘z mahsulotlarini tatib ko‘rmasdan qo‘yib yuborishmaydi.

 2. Mazali taomlar va qo‘lda tayyorlangan (hand-made) suvenirlarBuning uchun mahalliy bozorga borishning o‘zi kifoya, u yerda sizga mazali palov beriladi, rang-barang tabiiy matolardan kiyintiriladi va mahalliy hunarmandlar tomonidan qo‘lda yasalgan eng chiroyli suvenirlarni qayerdan olish haqida maslahatlar beriladi.

 3. Qadimgi masjid va madrasalarMasalan, Toshkentda XVI asrga oid qadimiy Ko‘kaldosh madrasasini ko‘rish, qadimiy va zamonaviy masjidlarning ajoyib go‘zalligidan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

 4. Yuqoridan turib shaharni tomosha qilishBetakror quyosh botishini ko‘rish uchun siz Toshkent teleminorasiga borishingiz mumkin. 106-qavatda esa shinam restoran mavjud bo‘lib, u yerda kechki ovqat ustida shaharga qush parvozi balandligida turib manzaradan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

5. Sohil bo‘yi va qadimiy shaharlarda dam olishO‘zbekistonda dengiz yo‘q, lekin bu yerda chiroyli bronza rangida toblanishungiz va uni o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Masalan, Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori sohillarida dam olishingiz mumkin. Yoki “oltin uchburchak” – Samarqand, Buxoro va Xiva bo‘ylab unutilmas ta’tilni o‘tkazishingiz mumkin.

6. Samarqandga sayohatMuallif Samarqandda Go‘ri Amir maqbarasi, Siyob bozori, Bibixonim masjidi va afsonaviy Registon maydonini ziyorat qilishni taklif qiladi.

7. Xoja Nasriddin vatani – Buxoroga sayohatEng mashhur diqqatga sazovor joylar - Ark qal’asi, Bolo-hauz ansambli va Poi-Kalon ansambli, qadimgi Ko‘rpa va Magoki-Attari masjidlari.

Vaqtingiz bo‘lsa, Jayron ekomarkaziga borishingiz yoki Poykend va Varaxsha shaharlari xarobalarini tomosha qilishingiz mumkin.

8. Xivaga sayohatXivada qadimiy tarixga o‘tish yo‘li bor - bu Ichan qal’adir, bu yerda ko‘plab qadimiy masjid va madrasalar joylashgan. Darvoqe, Ichan qal’a O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

9. Cho‘lda sayr qilish va chang‘i uchishO‘zbekiston markazi bo‘ylab cho‘zilgan Qizilqum cho‘lida sayyohlar tuyalar, kvadrosikl jiplarni minishlari va ularda qumtepalar bo‘ylab sayohat qilishlari mumkin. Siz tunni o‘tovlarda, mahalliy lagerda o‘tkazishingiz mumkin. Qishda esa Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlarida chang‘i uchishishingiz mumkin.

10. Palov bizlarni birlashtiradiO‘zbekistonda palovdan tashqari, undan totliligi bo‘yicha qolishmaydigan taomlar tayyorlanadi: lag‘mon, sho‘rva, norin, dimlama, xasip. Milliy taomlar restoranida kechki ovqat har bir mehmon uchun o‘rtacha 500 rublni tashkil qiladi.

11. To‘rt fasl

O‘zbekistonga yilning istalgan vaqtida dam olish uchun kelishingiz mumkin. Yuqori mavsum martdan maygacha va avgustdan noyabrgacha davom etadi. Ammo siz bu yerga qishda ham kelishingiz mumkin, masalan, Yangi yil bayramlarida.

12. Uzoqqa uchmangRossiyalik sayyohlar orasida O‘zbekiston eng mashhur hisoblanadi. Birinchidan, bu yerga sayohat qilish yaqin va iqtisodiy tomondan qulay, shuningdek, uzoq qarindoshlarnikida mehmon bo‘lib qolish mumkin.

13. Yengil cheklovlarO‘zbekistonda faqat niqob rejimi amal qiladi, kirishda emlash sertifikati talab qilinmaydi, endilikda maxsus tibbiyot muassasalarida 14 kunlik karantin rejimidan o‘tish shart emas.

14. Viza va minimal sertifikatlarning yo‘qligi

Rossiyaliklarga O‘zbekistonga kirish uchun viza kerak emas, pasport bo‘lsa kifoya. Aeroportga kirishda, kelishdan 72 soat oldin qilingan salbiy PCR testini taqdim etish kerak halos.

 15. O‘zbekistonda dam olish kunlari

Manba: https://darsik.com

Eng katta talab “O‘zbekistonda dam olish kunlari” - Samarqand va Buxoro bo‘ylab to‘rt kunlik sayohatlar (reyssiz 22 ming rubldan) yoki qo‘shni davlatlar bilan birgalikdagi turlar.

16. Yakka holdagi turlar

O‘zbekistonga yakka holda sayohat tashkil qilish qiyin emas. To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz narxi 7 ming rubldan, mehmonxona xonasi esa o‘rtacha 2 ming rublni tashkil qiladi.

17. Moliyaviy tomon

O‘zbekistonda milliy valyuta so‘m bo‘lib, siz uni deyarli har bir bankomatda almashtirishingiz mumkin. Ammo muallif O‘zbekiston shaharlariga sayohat qilganda naqd pul olib yurishni maslahat beradi, chunki har bir shaharda ham bankomat topa olmaysiz.

18. O‘zbekistonga yanada ko‘proq reyslarPandemiya davrida Rossiya 2021-yil 1-apreldan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tikladi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi va “Aeroflot” aviakompaniyasining muntazam reyslaridan tashqari haftada to‘rt marta charter reyslari amalga oshirildi. Bu yil yana to‘rtta rus aviakompaniyasi qo‘shildi: Moskva, Qozon, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Irkutsk va Yekaterinburgdan amalga oshiriluvchi bu reyslarni S7 Airlines va Ural Airlines (haftasiga yetti reys), Red Wings (to‘rtta), Smartavia (ikkita) amalga oshiradi.

19. Mehmondo‘st odamlarO‘zbeklarning mehmondo‘stligi haqida azaldan afsonalar tarqalgan. Bu yerda har bir mehmonni ochiq yuz bilan kutib olishadi va agar siz kimningdir uyida bo‘lsangiz, ishonaveringki sizni albatta mazali taom va sovg‘alar bilan siylamasdan qo‘yib yubormaydilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing