Foto va Video

Rossiya turoperatorlari uyushmasi sayohat qilish uchun O‘zbekistonning eng yaxshi tabiiy manzillarini tavsiya qiladi

16.02.2023 510

Rossiya turoperatorlari uyushmasi (АТОР) xabarnomasi O‘zbekistonning hayratlanarli darajada go‘zal joylari haqida qator maqolalar chop etdi.

Haftalik “Profil” jurnalida chop etilgan birinchi maqola Jizzax viloyatining maftunkor tabiati, mashhur sog‘lomlashtirish maskanlari, ajoyib qo‘riqlanadigan hududi, rang-barang mahalliy udumlari va milliy taomlariga bag‘ishlangan.

“O‘zbekiston har qanday sayyoh uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim unsurlar birlashadigan joy hisoblanadi. U yerda YUNESKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan dunyoga mashhur me’moriy yodgorliklarni, qadimiy shaharlarni va zamonaviy ko‘chalarni ko‘rishingiz, g‘ayrioddiy milliy taomlarni tatib ko‘rishingiz va hayratga soluvchi tabiatdan ilhom olishingiz mumkin.”- deydi muallif.

Jizzax viloyatida muallif Zomin tumanidagi Nurota qo‘riqxonasiga, sohilida pushti saqoqushlar va oqqushlarni tomosha qilish mumkin bo‘lgan Qizilqum cho‘lidagi Aydarkul ko‘liga, shuningdek, O‘zbekiston Shveytsariyasi deb nom olgan Zomin milliy tabiiy bog‘iga tashrif buyurishni tavsiya qiladi. Mahalliy xalqlarning milliy an’analari va udumlarini sevuvchilar uchun hududda Ashraf, Hayot, Uxum, Sentobsoy kabi tog‘ qishloqlari mavjud, shuningdek, Nurota tizmasidagi qadimiy qoyatosh suratlarini, turli xil arxeologik joylarni va ming yillik Sharq biotasi – sarv daraxtini ko‘rish imkoniyati bor. Afsonalardan birida aytilishicha, u Aleksandr Makedonskiy tomonidan ekilgan. Qo‘riqxonada sayohatchilar uchun piyoda sayrlar, ot sayohatlari, qishloq hayotini o‘rganish dasturlari va tog‘li qishloqlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining gastronomik brendlari orasida muallif tandir kabob, jiz va shirakor somsani alohida ta’kidlab o‘tadi. Bu taomlar hududning hamma joylarida tayyorlanadi va unchalik qimmat emas.

АТОР xabarnomasining ikkinchi maqolasi Navoiy viloyatining eng yaxshi 7 ta hayratga soluvchi manzarasini https://www.atorus.ru/node/51356 tavsiya qiladi.

Maqola muallifi buyuk turkiy shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan qadimiy va shu bilan birga navqiron viloyatning tashkil etilish tarixiga kichik ekskursiya qiladi.


“Navoiy viloyatini turli xil sayyohlar yaxshi ko‘radilar. - deb yozadi nashr. - Tarix ixlosmandlarini bu yerga noyob tarixiy va me’moriy obidalar, muzeylar, arxeologik obidalar jalb qiladi. Ulug‘vor manzaralar ishqibozlarini ko‘llar, yovvoyi tog‘ yo‘llari, ulkan toshlar va, albatta, qiziqarli ochiq osmon ostidagi muzey – petrogliflar makoni o‘ziga jalb qiladi.

Tabiat qo‘ynida dam olish uchun mashhur diqqatga sazovor joylar qatorida xabarnoma Navoiy viloyati Aydar-Arnasoy oqmas ko‘llar tizimiga kiruvchi To‘dakul va Aydarko‘l ko‘llarini eslatib o‘tadi.

Qizilqum cho‘lining o‘rtasida joylashgan To‘dakul ko‘li har doim mahalliy aholi va sayyohlar bilan gavjum. To‘dako‘lda sayohat qilgan muallif yangi Silk Road Family Resort mehmonxona majmuasi, kottejlar, kafelar bilan “Lazurnaya” dam olish maskanida qolishni tavsiya qiladi. Bu yerda qadimiy Sarmishsoy darasiga - ibtidoiy jamoa tuzumi davriga oid noyob qoyatosh suratlari (petrogliflar) to‘plamining makoniga tashrif buyurish mumkin .

Bir necha kunni darada o‘tkazishni istagan sayyohlar “Grand Sarmishsay” dam olish markaziga e’tibor qaratishlari kerak. U sirli daradan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Shuningdek, bu yerda “Sarmishsoy Navoiy” va “Olmos soy” kurort zonalarida dam olish mumkin.

Qadimgi noyob manzillar va tabiatning ertaknamo go‘shalarini sevuvchilar uchun muallif, shuningdek, Navoiy viloyatidagi Jaraquduq darasidagi tosh o‘rmonga tashrif buyurishni tavsiya qiladi.

“Bu joyning sayyohlik jozibasining siri - balandligi 4 metr bo‘lgan tik toshga aylangan daraxt tanasining g‘aroyib qismlari. Muqobil taxminlardan biriga ko‘ra, bu “quvurlar” umuman toshga aylangan qadimiy daraxtlar emas, balki juda yuqori harorat ta’sirida bir vaqtlar tosh monolitga aylangan qumdir”, - deb yozadi nashr.

Sangijumon qishlog‘ida bundan qolishmaydigan darajada ajoyib manzaralarni uchratish mumkin. Bu yerda dengiz sathidan 900 metr balandlikda joylashgan noyob tebranadigan toshni ko‘ish mumkin. G‘alati shakldagi toshning og‘irligi bir necha tonnani tashkil qiladi. Ammo u tebranishni boshlashi uchun juda oz harakat talab etiladi.

Haqiqiy madaniyat va mahalliy turmush tarzidan xabardor bo‘lish uchun muallif Nurota tog‘lari va Qizilqum cho‘llari o‘rtasida joylashgan Sentob qishlog‘iga borishni taklif qiladi. Bu yerdagi tor eshiklari va pastak shiftlari bo‘lgan eski taxta uylar tom ma’noda ko‘kalamzorlarga ko‘milgan, yo‘llarda odamlar eshaklar va otlarda yuradilar, to‘quvchilik, tikuvchilik, o‘choqlarda va tandirlarda taom tayyorlash bilan shug‘ullanadilar. Hamma narsa bokiraligi va uyg‘unligini saqlab qolgan.

Mahalliy taomlar orasida nashr hududdagi eng qimmat taomlardan biri bo‘lgan, maxsus usul bo‘yicha qizil devzira guruchidan tayyorlangan mazali palovni tatib ko‘rishni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, bu yerda mazali manti, sho‘rva, kabob va dimlama – o‘zining selida qovurilgan qo‘zi go‘shti va sabzavotlar qo‘shib dimlangan taomni tatib ko‘rish mumkin

Maqolalar turkumi Turoperatorlar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining Qo‘shma loyihasi doirasida chop etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing