Rossiyalik kinotanqidchi o‘zining O‘zbekistonga qilgan sayohati haqida so‘zladi

16.04.2021 400

Mash’hur rossiyalik kinotanqidchi, «Iskusstvo kino» («Kino san’ati») jurnalining bosh muharriri Anton Dolin shu yil bahorda O‘zbekistonda bo‘ldi. Mamlakatimizga uyushrtirgan sayohatidan ilhonlanib, olgan taassurotlari va yangi kashfiyotlarini YouTube kanalida “Meduza Originals”ning “Radio Dolin”i bilan o‘rtoqlashdi.

Аntonning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligidan O‘zbekistonga kelishni orzu qilgan, bahorgi sayohatlar esa o‘ylaganidan ham zo‘r bo‘ldi. Xorazmning loydan bunyod etilgan qal’alari, sayqal berilgan Buxoro madrasasi, qadimiy Samarqanddagi temuriylar me’morchiligi durdonalari bahorgi ta’til uchun o‘ziga xos sehrli manzaraga aylandi.

O‘zining O‘zbekiston to‘g‘risidagi hikoyasini rossiyalik kinotanqidchi 12-aprel Fazogirlar (Kosmonavtika) kuni bilan bo‘g‘ladi.

«Toshkenda ajoyib go‘zallikka ega Kosmonavtlar metro bekati mavjud. U yerda shuningdek, medalion shakliga ishlangan kosmonavtlar - Gagarin, Leonovning, birinchi fazogir Ikarning hamda Ulug‘bekning suratlari bor. Ulug‘bek XV asrning beqiyos tarixiy shaxslaridan bo‘lgan. Uning Samarqanddagi merosi bilan tanishish meni juda hayratga soldi. Men u yerga yana qaytishni xohlaymanBu joy haqiqiy qudrat maskaniUlugbek Amir Temurning sevimli nabirasi bolganbiroq u Samarqandda unchalik kop ham hukmronlik qilmaganAynan u o‘sha sizu biz suratlarini otkritkalarda ko‘rgan go‘zal Registon maydonini bunyod etdi, u yana astronom ham bo‘lgan. XV asrda Ulug‘bek Samarqand shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda rasadxona qurdirdi va o‘zini Yulduzlar samosini o‘rganishga hamda yulduzlar turkumini tuzishga bag‘ishladi. U qo‘llagan asbob aql bovar qilmas darajagi kvadrant hozirga qadar saqlanib qolgan. Rasadxonaning ma’lum bir qismlarigagina guvoh bo‘lishingiz mumkin, chunki uning o‘zi bir qancha yuz yillar avval buzib tashlangan».

Аnton Dolin Ulug‘bekning fojiali taqdiri, o‘z o‘g‘lining qo‘lida o‘lim topishi haqida hikoya qilib, qisqa umr ko‘rishiga qaramay, u hukmronligi ostidagi fuqarolarni ezishdan ko‘ra, soatlab osmonga tikiluvchi ma’rifatli podshoh to‘g‘risidagi orzulari kabi buyuk bir meros qoldirganini ta’kidlaydi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing