Foto va Video

Rossiyaning “Моя планета” telekanali tomonidan O‘zbekiston turizm salohiyati to‘g‘risida film suratga olinadi

19.09.2023 303

O‘zbekiston azaldan o‘zining go‘zal tabiati, boy tarixi, samimiy va mehmondo‘st odamlari, betakror tarixiy obidalari va qadamjolari, shuningdek, ko‘hna va navqiron shaharlari sababli hamisha boshqa davlatlar va xalqlarning diqqat markazida bo‘lgan.

Joriy yilning 23-29-sentyabr kunlari Rossiyaning mashhur “Моя планета” telekanali “Вне зоны доступа. Узбекистан” maxsus filmi ijodiy guruhining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Mazkur ijodiy guruh Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida bo‘lib, yurtimizning diqqatga sazovor joylari va milliy qadriyatlari haqida film suratga olish niyatida.

Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha O‘zbekistonning turizm salohiyatini ko‘p sonli auditoriyaga targ‘ib qilish orqali yurtimizga keluvchi sayyohlar oqimining ortishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing