Rossiyaning REN TV telekanali O‘zbekistonga sayohat haqida ko‘rsatuv suratga olmoqda

12.05.2022 967

O‘zbekistonda Rossiyaning REN TV telekanalining “Aql bovar qilmas qiziqarli hikoyalar” “Невероятно интересные истории” ko‘rsatuvini suratga olish ishlari olib borilmoqda.

Xalqlarning an’analari va sayohat haqidagi mashhur teleshouning suratga olish guruhi 8-may kuni O‘zbekiston poytaxtiga yetib keldi.

Suratga olish ishlari bevosita O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Mashhur dasturning maqsadi tomoshabinlarni rang-barang marshrutlar bo'ylab virtual sayohatga taklif qilish, ularni noodatiy an’analar va mahalliy aholi bilan tanishtirishdir. Jurnalistlar Toshkentda allaqachon video materiallarni suratga olishgan – ular poytaxtdagi mashhur dam olish maskanlari, Toshkent city bog‘i, shahar bozorlari va muzeylarda bo‘lishdi.

Suratga olish ishlari Samarqand, Konigil sayyohlik qishlog‘i, Buxoro va uning atrofida davom etdi va hozirda Nukus shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Vazirlik vakillari rossiyalik jurnalistlarga an’anaviy turistik yo‘nalishlari bo‘ylab mamlakat hududlariga sayohatda hamroh bo‘lib, ularga dunyoga mashhur me’moriy obidalar, muzeylar va tarixiy obidalarning go‘zalligini namoyish etmoqdalar.

Guruhning hududlar oʻrtasida qatnovi qulay tezyurar “Afrosiyob” poyezdlar va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida amalga oshirilmoqda.

“Aql bovar qilmaydigan qiziqarli voqealar” “Невероятно интересные истории” ko‘rsatuvini suratga olish O‘zbekistondagi turizm rivojida turtki bo‘ladi, MDH davlatlaridan yangi sayyohlar – REN TV telekanali tomoshabinlarini jalb qiladi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing