“O‘zbekiston turizm yili” doirasida Rossiya Federatsiyasida turli shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan “road show” tadbirlarining navbatdagi dasturi Sankt-Peterburg shahrida davom ettirildi.
Ushbu tadbirda Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamov boshchiligidagi delegatsiya, O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasi vakillari, jumladan, 70 dan ortiq turfirmalar qatnashdi.
Tadbirda mamlakatimiz turizm salohiyatini yoritib beruvchi taqdimot hamda O‘zbekiston turoperator, mehmonxona va sohaning boshqa tur vakillari tomonidan o‘zlarining turistik mahsuloti, yo‘nalishi hamda Rossiya va O‘zbekiston shaharlari orasida joriy qilingan aviareyslar haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berildi.
Shuningdek, yuqoridagi tadbirlar yakunida ishtirokchilarga O‘zbekistonning boy madaniyati va milliy taomlarini tanishtirish maqsadida milliy kuy, qo‘shiq va raqslari namoyish qilinib, o‘zbek milliy taomlari tarqatildi.
“Road show” doirasida Rossiya rasmiylari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasida madaniy va tarixiy turizmni rivojlantirish, hamkorlikda madaniy tadbirlar va tur marshrutlar ishlab chiqish, reklama va PR-kampaniyalarini tashkil qilish hamda mehmonxona biznesini va transport xizmatlarini rivojlantirish sohasida ikki tomonlama o‘rganish o‘tkazish taklif qilindi.
Tadbirda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov hamda Sankt-Peterburg turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Evgeniy Pankevichlar ishtirok etishdi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh