Har yilgi "Samarkand Half Marathon" xayriya yugurishini shu yilning noyabr oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bu haqda "Samarkand Half Marathonning" rasmiy sayti orqali ma’lum bo‘ldi. Xalqaro xayriya tadbirning doimiy tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Turizm va sport vazirligi, shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi hisoblanadi.
Xayriya tadbiridan maqsad – madaniyat va san’at ob’yektlaridagi inklyuziv muammolarga jamoatchilikning e’tiborini qaratish, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini ommaviylashtirish va sport turizmini rivojlantirish.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yildagi pandemiya tufayli Samarkand Half Marathoni virtual ko‘rinishda bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur format ishtirokchilarga joy va masofani tanlash imkonini berdi, natijalar esa Stravaning maxsus ilovalarida qayd etilgan ma’lumotlar bo‘yicha qabul qilindi. 21 km masofada klassik poygada respublikmizning barcha viloyatlaridan 42 nafar professional sportchilar ishtirok etishdi. Virtual yugurishda dunyoning 37 mamlakatidan jami 3000 nafardan ortiq kishi qatnashdi.
Tadbirdan tushgan mablag‘ O‘zbekistondagi internatlardan birida autizmdan aziyat chekuvchi bolalar uchun bolalar badiiy studiyasini tuzishga jo‘natildi.
Bu yil Samarkand Half Marathonida Jizzax viloyatining Zomin va Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanlari ishtirok etadi.
ishtirokchilar samarkandhalfmarathon.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh