Samarqand: faol va samarali dam olish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar

12.07.2024 330

9-10 iyul kunlari Turizm qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari va turoperatorlar uchun Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, muzeylari, eko- va etnoturizm obyektlari boʻylab “Samarqand blogerlar nigohida” nomli press-tur tashkil etildi.

Birinchi kuni jurnalistlar va turoperatorlar Art Station san’at galereyasida tashkil etilgan “Samarqand – milliy drama teatri beshigi” ko‘rgazmasi, Gur-Amir maqbarasi, Registon maydoni, Maxdumi Xorazmiy memorial muzeyi, Ulugʻbek rasadxonasi, Shohi-Zinda yodgorlik majmuasi va Konigil Meros qog‘oz zavodiga tashrif buyurdilar.

Infotur doirasida Samarqand viloyatida umumiy maydoni 4656 gektar boʻlgan “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik-rekreatsion zonasida ekoturizmni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari koʻrib chiqildi va taqdimot oʻtkazildi.

Bu yerda zamonaviy talablar asosida ekologik toza turar joy obektlari, savdo, ko‘ngilochar va boshqa turistik infratuzilma obektlari, xususan, “ziplayn”, “banji-jamping” va “zorbing” attraksionlari, kanatli park, dor yo‘llari, deltaplan va paraplan yoki havo sharida uchish kabi ekstremal turizm yo‘nalishi faoliyatini tashkil qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda hududda 16 ta mehmon uyi, 8 ta savdo do‘koni, 5 ta restoran, 13 ta bolalar oromgohi va 28 ta dam olish maskani mavjud.

Sayohat nafaqat Samarqandning sayyohlik salohiyati haqida to‘liq tasavvur hosil qilish imkonini berdi, balki infotur ishtirokchilari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashish imkonini yaratdi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing