Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) 2023 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ayni damda Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tayotgan UNWTO‘ning 24 sessiyasi doirasidagi ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra shu haqda maʼlum qildi.

“Shunisi diqqatga sazovorki, tarixda birinchi marta BMT tarkibiga kiruvchi tashkilotning Bosh assambleyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bularning bari Prezidentimizning olib borayotgan siyosatlari, turizm sohasini rivojlantirish hamda bu orqali mamlakatimizning jahon sahnidagi nufuzini oshirish yo‘lidagi saʼy harakatlari natijasidir. Taʼkidlash lozimki, UNWTO 25-Bosh assambleyasining qadimiy Samarqandda o‘tkazilishi bu yerga mingdan ortiq xorijlik mehmonlarning tashrif buyurishi hamda bu orqali mahalliy aholi va hunarmandlarning daromad ko‘rishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori darajadagi tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi jahon ommaviy axborot vositalarining ham eʼtiborini tortishi shubhasiz, bu esa oxir-oqibat mamlakatimizning turistik salohiyatini keng targ‘ib etish hamda yurtimizga yana-da ko‘proq sayyohlarni jalb etish yo‘lida xizmat qiladi”, - dedi Aziz Abduhakimov.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, Butunjahon turizm tashkiloti va unga aʼzo davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yana-da kengaytirish, madaniy va turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida 30 noyabr-2 dekabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Ispaniya qirolligiga tashrifi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekistonning Ispaniya qirolligidagi elchixonasi vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasi doirasida O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.
Madrid shahrida o‘tgan tadbir doirasida 2023 yilda UNWTO Bosh assambleyasini o‘tkazish uchun O‘zbekiston va Portugaliya daʼvogarlik qildi. Tadbir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yaqqol ustunlik bilan aksariyat ovoz to‘plab, 2023 yilgi Bosh assambleyani qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazishga kelishildi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Samarqandning turistik salohiyatini yana-da yuksaltirish hamda uni dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish borasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda, bu yerda obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda yangi zamonaviy aeroport hamda turizm obyektlari bunyod etilmoqda.
Ulardan biri “Ipak yo‘li Samarqand” bo‘lib, u eshkak eshish kanali atrofidagi 260 gektar maydonni egallaydi. Ko‘p tarmoqli majmua hududida kongress-markaz, turli toifadagi 8 ta mehmonxona, restoranlar, akvazona va noyob “Abadiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi kabi obyektlar hududning turizm salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Yangi majmua 2022 yilda ochilishi rejalashtirilgan.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, UNWTO Bosh assambleyasi ikki yilda bir marta o‘tkaziluvchi eng muhim turistik forum bo‘lib, bunday yuqori darajadagi tadbir, yaʼni BMT oilasiga kiruvchi tashkilotlar Bosh assambleyasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi birinchi tarixiy hodisadir.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.