Foto va Video

Samarqand viloyatida kiokushinkay karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi

1164

Sharq mamlakatlari jang san’atining turli turlari bo‘yicha o‘z maktablari bilan haqli ravishda faxrlanishi mumkin. Yaponiyada karate, dzyudo, sumo, aykido, Koreyada taekvondo, xapkido, Xitoyda ushu, tuyshou, O‘zbekistonda kurash.

Bu turlarning har biri alohida jismoniy kuch va ruhni jamlashni, psixologik tayyorgarlikni va Sharq falsafasi asoslarini tushunishni talab qiladi.

O‘zbekistonda ham jang san’atini rivojlantirish, uni mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sharq yakkakurashlari yoshlarga nafaqat yaxshi jismoniy tayyorgarlik va o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyatini beradi, balki atrofdagi olam, oila va yaqinlar bilan bog‘liq to‘g‘ri tushunchalar, odamlarni himoya qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va tartib-intizomni tarbiyalash imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021-yilga mo‘ljallangan sport-ommaviy tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha taqvim rejasiga muvofiq, joriy yilning 9-10-dekabr kunlari Samarqand viloyatida karate-do bo‘yicha Oyama kiokushinkay bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar Samarqand viloyatidagi sharq yakkakurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘smirlar maktabida o‘tkaziladi.

Masutatsu Oyamaning o‘zi eng yuqori daraja - 10 dan (o‘nta oltin chiziqli qora kamar) sohibi, u o‘qituvchi, ko‘plab kitoblar muallifi, karate bo‘yicha milliy va xalqaro musobaqalar tashkilotchisi edi. U tomonidan yaratilgan IKO (International karate tashkiloti) xalqaro tashkiloti butun dunyo bo‘ylab o‘n millionlab izdoshlariga ega.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring