Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Samarqand viloyatidagi Oqsoy qishlog‘iga rasman “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

132

Samarqand viloyati, Nurobod tumani Oqsoy qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.

Oqsoy qishlog‘ida o‘tkazilgan tantanali marosimda Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda turizm sohasiga berilayotgan ustuvor e’tibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm qishloqlari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Bugungi kunda Oqsoy qishlog‘ida 20 ga yaqin oilaviy “Mehmonxona uylari” faoliyat yuritmoqda. Qishloq hududida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, yo‘llar ta’mirlangan, avtoturargoh maydoni asfaltlangan, ariqlar betonlashtirilgan va turizm infratuzilmasi to‘liq raqamlashtirilgan.

“Oqsoy” turizm qishlog‘ining tashkil etilishi hududda turizmni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni kengaytirish va mahalliy aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Yana ko'ring