Samarqand xalqaro aeroporti Xalqaro aeroportlar kengashining Yevropa bo‘limi (Airports Council International, ACI Europe) reytingida yo‘lovchilar qatnovining o‘sish surʼatlari bo‘yicha Yevropaning TOP-5 taligiga kirdi.
Oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra mintaqaviy va kichik ayeroportlar toifasida Samarqand aeroporti yiliga 100 000 dan 1 milliongacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lib, yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 2019-yil oktyabr oyiga nisbatan 139 foizni tashkil etgan holda, 4-o‘rinni egalladi. 10 oylik faoliyatning natijasiga ko‘ra esa, 2019-yilning huddi shu davrigacha yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 103,7 foizga o‘sib, aeroport 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Aeroportning marshrut tarmog‘i kengayishda davom etmoqda va joriy yilning boshidan buyon Samarqanddan 7 ta ichki va 20 ta xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirildi. Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralniye Vodi, Ufa, Samara va Urganchga ilk parvozlar yo‘lga qo‘yildi.
Manba: https://www.aci-europe.org/44-industry-data/40-airport-traffic.html
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh