Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya marafoni tashkiliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Samarqand yarim marafonining tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi. Unda viloyatlar hokimlari o‘rinbosarlari, Moliya vazirligi, TIV va IIV, FVV, Transport vazirligi va Milliy gvardiya rahbar o‘rinbosarlari qatnashishdi.
Yig‘ilish doirasida Samarqand yarim marafonini o‘tkazish bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.
Aziz Abduhakimov bu yil yarim marafon virtual formatda o‘tishi, Samarqandda esa turli mamlakatlarning professional atletlari g‘oliblik uchun kurash olib borishini taʼkidladi. Poyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatiladi.
Musobaqa viloyatlar o‘rtasida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z hududi birinchi o‘rinni egallashi uchun eng katta masofani bosib o‘tishi kerak bo‘ladi.
Ilk marta yarim marafon ishtirokchilari uchun ikki qo‘shimcha format taqdim etiladi: Bolalar poygasi va Skandinaviyacha yurish.
Joriy yilda yarim marafonda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, gimnastikachi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Oksana Chusovitina, bokschi, 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medal sovrindori Shahram G‘iyosov, futbolchi, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov, og‘ir atletikachi, Osiyo va jahon chempioni, 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ruslan Nuriddinov, shuningdek bloger va UzA direktor o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev, bloger va Alter Ego kanali muallifi Kirill Altman va boshqa ko‘plab kishilar qatnashadi.
Samarkand Half Marathon‘ni o‘tkazishdan tushgan barcha mablag‘lar O‘zbekistondagi autizmdan aziyat chekuvchi bolalar internatlaridan birida badiiy studiya ochishga yo‘naltiriladi, xohlovchilar uchun esa maʼruza va seminarlar ham o‘tkazish rejalashtirilgan. Marafon odamlarga autizmdan aziyat chekuvchi kishilar dunyosi naqadar rang-barangligi va bunga eʼtibor qaratish qanchalik muhim ekanini anglashda yordam beradi.
Yig‘ilish doirasida mamlakatning barcha o‘quv muassasalarida inklyuziyaga eʼtibor qaratish alohida muhokama qilindi. Unda taʼlim tizimi o‘quvchilar bilan suhbat formatiga moslashtirilishi lozimligi, bu inklyuzivlik g‘oyasini interfaol shaklda maksimal qulay darajada yetkazib berishi qayd etildi.
Shu o‘rinda yaqinda butun respublikamiz bo‘ylab Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya poygasi registratsiyasi ochilishiga bag‘ishlangan #moviynurtarat aksiyasi bo‘lib o‘tganini alohida taʼkidlash zarur. Unda shaharlardagi yirik inshootlar va meʼmoriy obidalar autizmdan aziyat chekuvchi kishilarga hayrixohlik belgisi sifatida hamda ularning ijtimoiy muhitga integratsiyalashuvida duch keluvchi muammolariga eʼtiborni qaratish maqsadida moviy rangda nur taratdi.
Samarkand Half Marathon – Madaniyat va sanʼat jamg‘armasi tomonidan Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida tashkil qilinuvchi, har yili o‘tkaziluvchi xayriya poygasi.
Xayriya poygasiga 1 noyabr kuni start beriladi. Unda butun dunyo mamlakatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.