Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Samarqandda badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro Gran-pri turniri o‘tkaziladi

61

22–23-noyabr kunlari Samarqand shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “East cup and Olimpic stars” xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqa Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sport vazirligi, Xalqaro sport klublari Assotsiatsiyasi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. 

Turnirda Belarus, Ispaniya, Rossiya, Moldova, Turkiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy va boshqa 12 mamlakatning eng kuchli gimnastikalari ishtirok etadi. Sportchilar individual va guruh chiqishlarida - ko‘pkurashda va badiiy gimnastikaning alohida buyumlari bilan mashqlarda o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.

Tomoshabinlar va mutaxassislar gimnastikachi qizlarning halqa, to‘p, to‘qmoq va lenta bilan mashqlaridagi mahoratini baholay oladilar. Bundan tashqari, turnir doirasida jahon chempioni tomonidan mahorat darsi o‘tkaziladi.

Sog‘lom turmush tarzi, toza havoda sayr qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va atrof-muhitni asrash - badiiy gimnastikaning asl mohiyatidir. Shu sababli, u insonga nafaqat jismonan sog‘lom bo‘lishni, balki tabiat bilan uyg‘unlikda yashashni ham o‘rgatadi.

Ushbu turnirning o‘tkazilishi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, gimnastikani rivojlantirish, sportchilar o‘rtasida tajriba almashish va ushbu sport turida yangi iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan.

Shuningdek ko‘ring