Samarqandda "Turizm fidoyisi" mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

27.09.2022 1074

2022-yil 27-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” Turizm markazidagi Kongress-xollda Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan Kongress bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, shuningdek, “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti grantlari sohiblari - chet ellik talabalarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda davlat tashkilotlari, diplomatik korpuslar, sayyohlik tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, san’atkorlar, “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduxakimov tabrik so‘zi bilan ochdi.


Aziz Abduxakimov o‘z nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston hukumati tomonidan turizm sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani hamda Butunjahon turizm kunining mamlakatimiz uchun ahamiyati katta ekanini ta’kidlab o‘tdi.


Tadbir doirasida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan 40 ga yaqin laureatlar, jumladan, san’at va madaniyat arboblari, turizm sohasi, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari “Turizm fidoyisi” faxriy ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Laureatlarning toʻliq roʻyxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.


Shuningdek, tadbirda “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti magistrantlari taqdirlandi.


Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Hukumati tomonidan har yili chet ellik talabalarga “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universitetining magistratura bosqichida o‘qish imkoniyatini beruvchi 85 ta kvota ajratiladi.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing