Foto va Video

Samarqandda shahar kuni nishonlanmoqda

18.10.2021 1429

Bugun, 18-oktabr kuni samarqandliklar shahar kunini nishonlamoqda.

Shahar kuni munosabati bilan shahar ma’muriyati bayram tadbirlarini uyushtirmoqda.

Erta tongdan Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish va Sohibqiron haykali poyiga gul qo‘yish marosimi viloyat va shahar rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Shu kuni Prezident maktabining yangi binolarini, Samarqand davlat tibbiyot instituti binosini, Mahmudxo‘ja Behbudiyning uy-muzeyini, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Samarqand filialini hamda “Sino” yangi loyiha bo‘yicha bunyod etilgan zavodni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Samarqandliklar intiqlik ila kutgan tadbir - xalq orasida Leninskaya deb nomlangan Alisher Navoiy ko‘chasi va Amir Temur mahallasining yangi binosining ochilishidan mamnunlar.

Konsert dasturi soat 18:00da boshlanadi. “Mujiza” amfiteatrida gala-konsert va “Kuylarimda Samarqand” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kun davomida Samarqand bo‘ylab – "Farhod" mahallasining Zarafshon bog‘ida, Nurafshon san’at saroyida “Azizim, Samarqand!” Shiori ostida madaniy konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joizki, shahar kuni kuni Samarqand tarixiy obidalari va davlat muzeylari hududiga kirish bepul bo‘ladi. - deb xabar beradi Samarqand hokimligi matbuot xizmati.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing