Foto va Video

Samarqandda shaxmat bo‘yicha “Sohibqiron Kubogi” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi

25.08.2021 662

2021-yil, 25-29 avgust kunlari Samarqandda "Ipak yo'li" xalqaro turizm universitetida shaxmat bo‘yicha “Sohibqiron kubogi” uchun xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Turnirning asosiy vazifasi - shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sportga aylantirish, yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, yuqori malakali yoshlarni professional shaxmatchilarni sifatida tayyorlash va xalqaro grossmeysterlarni tanlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilib olingan.

Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan shaxmat bo‘yicha birinchi “Sohibqiron kubogi” turnirida o‘nga yaqin mamlakatdan (Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Ukraina, Tojikiston, AQSh va O‘zbekiston) 18 ga yaqin xalqaro grossmeysterlar, 10 nafar xalqaro sport ustalari va 10 nafar FIDE sport ustalari ishtirok etadilar.

Musobaqa shveytsarcha tizim bo‘yicha 9 turda o‘tkaziladi.

Ishtirok etish uchun 1700 standartiga muvofiq (2021-yil 1-avgust holatiga ko‘ra) eng kam xalqaro FIDE reytingiga ega shaxmatchilarga ruxsat beriladi.

Rapid turniri 25-27 avgust kunlari, blits turniri esa 28-avgustda bo‘lib o‘tadi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 50 000 AQSh dollarini tashkil etadi: rapid - 40 000 AQSh dollari, blits - 10 000 AQSh dollari.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing