Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Xoja Sayyid Amir Kulol, xalq orasida Kalon (“Baland”) deb nom chiqargan hanafiylar e‘tiqodining diniy olimi, Bahovuddin Naqshbandiyning so‘fiy va diniy ustozi bo‘lgan.
Sayid Amir Kulol, 1281-yilda Kogon tumanining Suxor (hozirgi Yangihayot qishlog‘i) qishlog‘ida, kulollar oilasida tug‘ilgan.
Afsonaga ko‘ra, “U baland bo‘yli, yelkalari keng odam edi. Chimirilgan qoshlari ostidan o‘tkir ko‘zlari qarab turar, terisi esa quyoshda toblangan, bug‘doy rang edi. Yuzining chetlari oqargan soqol bilan qoplangan, o‘zini kamtar va muloyim tutar edi. So‘zlashganda e’tiroz bildirmas, o‘jarlik qilmas edi. Yoshligida kurash bilan shug‘ullanganligi uchun jismonan yetuk, mushakdor ko‘rinishga ega edi. Dindorligiga kelsak, uning haqqoniyligiga shubha qiladigan odamning o‘zi yo‘q edi, chunki u o‘zini bilimli va shariatdagi tariqat va ma’rifatni o‘zida jam qilgan edi”.
Sayid Amir, yoshligidan kurash bilan shug‘ullanishni boshlagan.
Kurash tufayli, 15 yoshli Sayid Amir o‘zining kelajakdagi ruhiy ustozi, o‘sha kuni xudoning irodasi bilan musobaqaga kelgan shayx Muhammad Bobo Sammosiy bilan tanishdi. O‘ziga hamroh bo‘lib kelgan yangi shogirdlarining noroziligiga javoban, u barchaga eshittirib shunday degan edi: “Bu sohada bir erkak borki, uning inoyati bilan ko‘plab dinga sodiq odamlar to‘g‘ri yo‘lni topadi”.
Shunda u bo‘lajak ustoziga qaradi, ularning nigohlari to‘qnashdi, bir soniya ichida ular o‘rtasida so‘zsiz suhbat bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Muhammad Bobo Sammosi o‘rnidan turdi va hech narsa demasdan ketdi. Ertasi kuni Amir Kulol uning yoniga borib, shayxning yangi shogirdi bo‘lish uchun ruxsat so‘radi.
Yigirma yil davomida, u Suxardan Sammosgacha bo‘lgan 25 km masofani bosib o‘tib Shayxga xizmat qildi. Shundan beri u kurashni tark etdi va boshqa hech qachon jamoatchilik oldida chiqish qilmadi.
Sayid Amir, o‘zining ma’naviy kamolotiga erishib shayx Muhammad Bobo Sammosiyning to‘rtinchi o‘rinbosari bo‘lganida, hurmatli Shayx unga o‘zining yosh shogirdi “ma’naviy o‘g‘li” - keyinchalik eng mashhur so‘fiylik tariqatlaridan biri- “Xo‘jagon Naqshbandiya” ning asoschisi bo‘lib yetishgan Bahovuddin Naqshbandiyni ishonib topshirgan.
O‘zining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati davomida Sayid Amir Kulol, Xoja Bahovuddin Naqshband, Mavlono Orif Deggaroniy, Xoja Jamol Deg‘ay, Xoja Darzuniy, Shamsuddin Kulol, Mavlono Jamoliddin Keshiy kabi, yuzlab shogirdlarni tarbiya qildi.
Yilnomalarga ko‘ra, Sayyid Amir Kulol Amir Temurning 1363-yilda uchrashgan birinchi piri bo‘lgan.
Sayid Amir Kulolning ko‘plab izdoshlari bo‘lib ularning orasida keyinchalik so‘fiylarga aylanib otasining yo‘lini davom ettirgan to‘rt o‘g‘li ham bor edi.
U shogirdlarini qat’iy ma’naviyat bilan tarbiyalagan va shogirdlarini Muhammad Payg‘ambarimizning odamlar har kuni qiladigan kichik gunohlar yig‘ilib katta gunohlarga aylanishi va ularni do‘zaxga yetaklashi to‘g‘risidagi so‘zlarini misol keltirib kichik gunohlardan qaytargan.
Sayid Kulol, 90 yil umr ko‘rib 1370 yilning noyabrda vafot etgan. Hozirgi kunda, avliyo so‘fiy dafn etilgan joy, Buxoro viloyatining Kogon tumanida joylashgan bo‘lib, u yerda maqbara, juma masjidi, minora, kichik hovuz va ulkan bog‘dan iborat go‘zal yodgorlik majmuasi barpo etilgan. Majmua 2008-yilda to‘liq qayta tiklangan va O‘zbekiston, hamda uzoq va yaqin xorijdagi musulmonlarning mashhur ziyoratgohi hisoblanadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.