O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 232-son Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi tomonidan keshbek tizimi joriy etiladi.
O‘zbekistonda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!” aksiyasi doirasida Cashback Tourist platformasi ishga tushirildi, buning natijasida endilikda mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflagan xarajatlarining 15 foizidan 50 foizigacha bo‘lgan qismini qaytarib olishlari mumkin.
Buning uchun Siz:
– “Soliq” mobil ilovasini yuklab olasiz;
– Mobil ilova xizmatidan foydalanish uchun FaceID orqali shaxsingizni tizimda tasdiqlaysiz;
– Sayohat yo‘nalishini va boshlanish sanasini tanlaysiz;
– Keshbeklarni yig‘ish uchun siz avia, temir yo‘l, avtobus biletlarini hamda mexmonxonalar va madaniyat tashkilotlarining fiskal cheklarini (QR kod) skanerlash orqali ilovaga kiritasiz;
– Sayohatdan so‘ng "Sayohatni tugatish" tugmasini bosasiz va yig‘ilgan keshbek summalarini shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazasiz.
Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
– aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
– temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
– joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
– teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda keshbek kaytariladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu imkoniyat shahsiy transport yoki taksi xizmatlaridan foydalanishda amal qilmaydi va bir chorakda bir marta sayohat uchun taqdim etiladi!
Sarflangan mablag‘larni hisobga olishni boshlash uchun foydalanuvchi transport xizmatlaridan, turar joy binolaridan foydalanish va madaniy meros obyektlariga kirish uchun berilgan kvitansiyalarni (QR kodlarini) skanerlashi kerak. Barcha cheklar kiritilgandan so‘ng, to‘plangan naqd pul summasi avtomatik tarzda hisoblab chiqiladi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy plastik kartasiga o‘tkaziladi.
Dastur shartlari haqida batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi veb-saytida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining (71) 202-32-82 va 1198 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.
E'tiboringizga bugungi kunga qadar ushbu keshbekdan foydalanganlar statistikasini taqdim etamiz:
-Jami keshbek summa: 5 567 656;
-Jami sayohatlar soni: 3968 ta;
-Ro'yxatga olingan checklar: 137 ta;
-MXIK xatoligi bor checklar: 40 ta.
Eslatib o‘tamiz, ushbu imkoniyat shahsiy transport yoki taksi xizmatlaridan foydalanishda amal qilmaydi va bir chorakda bir marta sayohat uchun taqdim etiladi!
O‘zbekisiton bo‘ylab ham sayohat, ham tijorat!
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh