Seulda Alisher Navoiy haykali ochildi

17.12.2021 1748

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi arafasida Seul shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi.
Yodgorlikning ochilishi buyuk shoir tavalludining 580 yilligi hamda Prezidentimizning Janubiy Koreyaga tashrifi munosabati bilan o‘tkazildi.

Yodgorlikning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillari, shuningdek O‘zbekiston va Koreya Respublikasi jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Haykalning ochilish marosimi ishtirokchilari buyuk shoir haykali poyiga gullar qo‘ydilar.Janubiy Koreya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlarni 1992-yil yanvar oyida rasman o‘rnatgan. Oradan ko‘p o‘tmay Janubiy Koreya Toshkentda, O‘zbekiston esa Seulda o‘z elchixonasini ochdi.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda respublika Prezidenti sifatida ilk bor Janubiy Koreyaga to‘rt kunlik tashrif bilan borgan va u yerda Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In bilan uchrashgan edi. Sh.Mirziyoyevga tashrifi davomida Seul shahri meri Pak Vonsun tomonidan Seulning Faxriy fuqarosi unvoni ham topshirilgan edi.

2019-yil aprel oyida Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In to‘rt kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan va Prezidentimiz bilan uchrashgan edi. Tashrif chog‘ida Prezident Mun Chje In Oliy Majlis yig‘ilishida ham so‘zga chiqqan va Toshkentdagi Koreya madaniyati va san’ati uyining ochilish marosimida ishtirok etgan edi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing