Turistik kompaniyalar diqqatiga!
2023-yilning 4-7-may kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtadigan “SITF 2023” xalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etishga shoshiling. Ko'rgazmada Oʻzbekiston milliy stendi ham namoyish etiladi.
Ishtirok etish uchun fair@nationalprcenter.uz elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqami orqali murojaat eting.
Arizalar 2023-yil 1-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun: Ko‘rgazmaga har yili dunyoning turli burchaklaridan turoperatorlar va sayyohlik agentliklari tashrif buyuradilar. Shuningdek, u xalqaro aviakompaniyalar, milliy va mintaqaviy turizm kengashlari va boshqarmalari, yirik mehmonxona majmualari va dam olish maskanlari vakillarini birlashtiradi. 11 000 kvadrat metr maydonga ega SITIF ko‘rgazmasida 70 dan ortiq mamlakatlardan 800 nafar ishtirokchi kompaniyalar va 120 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar ishtirok etadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh