Foto va Video

Shahrisabz – turli turizm yo‘nalishlarini jamlagan maskan

09.04.2024 86

Yaqin kunlarda tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan Shahrisabz shahrida 2024 yilda “Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomi doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Mazkur qaror Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi yakuniga ko‘ra qabul qilingan.

Yurtimiz tarixiy joylarga boy, ammo Sohibqiron Amir Temur tug‘ilib-o‘sgan Shahrisabz shahri alohida e’tiborga molikdir.

Shaharning turizm salohiyati butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Mustaqillik yillarida turizmni rivojlantirish uchun Shahrisabzda barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda va turistalar sonini yanada ko‘paytirish maqsadida bir qancha islohotlar ham amalga oshirilmoqda. Islohotlar shaharda va butun Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo‘nalishlarda salohiyatni yuksaltirish, hududning nomoddiy merosini keng ochib beruvchi madaniy tadbirlar, turizm tadbirkorligi, shu jumladan, yoshlarning faolligini oshirishga katta xissa qo‘shib kelmoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing