Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Shahrisabzda turizm sohasi vakillari ishtirokida infotur tashkil etildi

165

2025-yil 14–15-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatining qadimiy Shahrisabz tumanida joylashgan Miraki qishlog‘ida “Miraki Summer” nomi ostida yirik infotur tashkil etildi. 

Tadbirda Xorazm, Samarqand va Jizzax viloyatlaridan tashrif buyurgan 200 dan ortiq turoperatorlar, turagentlar, gid-ekskursavodlar, shuningdek, turizm sohasi bilan bog‘liq uyushmalar va assotsiatsiyalar vakillari ishtirok etmoqda. 
Infotur ishtirokchilari ochiq osmon ostida, tabiat bilan uyg‘unlikda yaratilgan kreativ muhitda kutib olindi. Dastur doirasida hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, hududga xos milliy taomlarning gastronomik namoyishlari, hamda turistik tashkilotlar o‘rtasida B2B uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. 
Shuningdek, tadbir doirasida “SAHAR” guruhi, “DJ Roxy” va mashhur boshlovchi “Sancho”lar ishtirokida “Open Air Gala” kechasi bo‘lib o‘tadi, bu esa ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldiradi.

Yana ko'ring